Federiko Valverde “Real Madrid”ni tark etishi mumkin

10:10 10 Fevral 2026 Sport
249 0

“Real Madrid” klubining urugvaylik yetakchi futbolchisi Federiko Valverde jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda “El National” nashri xabar berdi.

Manbada yozilishicha, Federiko Arbeloa uni qanot himoyachisi sifatida oʻynatayotganidan norozi. U oʻzi uchun qulay boʻlgan markaziy yarim himoyada oʻynashni xohlaydi.

Valverde jamoada murabbiy almashganidan keyin ham hech qanday oʻzgarishni sezmadi. Xabi Alonso ham uni qanot himoyachisi sifatida oʻynatib kelgan edi. Shu sabab futbolchi “Alonsoni ketkazish kampaniyasi”ning yetakchilaridan biri boʻlgan.

Agar bu holat oʻzgarmasa, futbolchi jamoadan ketmoqchi. Ayni paytda unga “Liverpul” va “Manchester Yunayted” klublaridan takliflar boʻlmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер