Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bilan USP oʻrtasida hamkorlik kengaytirilmoqda

09:20 26 Iyul 2023 Jamiyat
223 0

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov va AQSH Farmakopeya Konvensiyasi Bosh ijrochi direktori Ronald Pyervinchensi tomonidan shu yil 12-may kuni “Qoʻshma Shtatlar Farmakopeyasi – Milliy formulyarini qabul qilish huquqlarini taqdim etish” toʻgʻrisidagi kelishuv imzolangan edi.

Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi bosh muharriri Xabibulla Djalilov boshchiligidagi bir guruh markaz masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya mazkur kelishuv ijrosi doirasida AQSHda xizmat safarida boʻlib turibdi.

Dastlab vakillarimiz AQSH Farmakopeya Konvensiyasi bosh vitse-prezidenti Emily M. Kaine va xalqaro hamkorlik menejeri Richard Lew bilan uchrashib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqishda hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvning ahamiyati va uni USP bilan uygʻunlashtirish masalalari yuzasidan oʻzaro fikr almashdi.

Shuningdek, delegatsiyamiz USPning Dori vositalarini fizik-kimyoviy va farmatsevtik-texnologik tadqiqotlar usullari laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?