Fargʻonalik deputat ehtiyojmand oilalarga 22 tonna koʻmir tarqatdi

16:05 16 Dekabr 2020 Jamiyat
840 0

OʻzLiDePdan saylangan Fargʻona shahar Kengashi deputati Sherzodbek Islambekov tomonidan ehtiyojmand oilalarga xomiylik asosida 22 tonna koʻmir tarqatildi.

Qishning sovuq kunlarida chekka-chekka hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga bu chinakam tuhfa boʻldi. Boisi besh qoʻl barobar boʻlmagani kabi, hamma hududda ham xonadonlarni isitish uchun gaz yetarli emas. Hattoki, baʼzi hududlarda gaz tarmoqlari ham yoʻq. Shuni deputat inobatga olib, navbatdagi saxovatli ishning etagini tutdi.

OʻzLiDeP Fargʻona viloyati Kengashi matbuot kotibi Shohsulton Toʻxtamovning maʼlum qilishicha, Qoʻshtepa tumanidagi “Istiqlol”, “Shakar”, “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 66 ta xonadonlarga, Margʻilon shahridagi “Maorif” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 12 ta xonadonlarga, Fargʻona shahridagi «Surxtepa» mahalla fuqarolar yigʻinidagi 25 ta xonadonlarga koʻmir mahsuloti OʻzLiDeP Fargʻona shahar Kengashi xodimlari va mahalla faollari ishtirokida taqsimlab berildi.

— Qish kunlarida amalga oshirilgan bunday saxovat ishlari fuqarolarga Yangi yil sovgʻasi boʻldi. Bundan, albatta, barcha fuqarolar mamnundirlar, — deydi “Maorif” mahalla fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari Sevara Mavlyanova.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?