Fargʻonadagi portlashda 1 kishi halok boʻldi, yana 4 kishi jarohatlangan
Videodan kadr
Avvalroq Fargʻona shahrida joylashgan “zapravka”da katta yongʻin yuz bergani haqida xabar berilgan edi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan rasmiy tafsilotlarni eʼlon qildi.
Unga koʻra, hodisa bugun, 17-dekabr kuni soat 13:43 da Fargʻona shahri Yangi yoʻl MFY, Ahmad Yassaviy koʻchasida joylashgan koʻp yoqilgʻili AYoQSh va AGQSh shoxobchasida yuz bergan. Yongʻinga suyultirilgan gaz toʻkish vaqtida texnologik jarayonlar buzilishi hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi oqibatida chaqnash sodir boʻlgani sabab boʻlgan.
Hodisa joyiga yongʻin-qutqaruvchilar soat 13:47 da yetib borib, 14:02 da alangani oʻrab olgan va 14:12 da batamom oʻchirgan.
Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 4 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda yana 8 nafar fuqaro tibbiyot xodimlari nazoratida boʻlib turibdi.
“Viloyat FVB xodimlari, hokimlik, mutasaddi vazirlik va idoralarning masʼul rahbarlari zudlik bilan voqea joyiga chiqqan holda yongʻin oqibatlarini bartaraf etish ishlarini tashkil etmoqda”, deyiladi rasmiy maʼlumotda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring