Fargʻonada yapon bogʻi, mehmonxona va restoranlar majmuasi barpo etiladi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati hamda Yaponiya oʻrtasidagi hamkorlik koʻlamini rivojlantirish maqsadida oʻtgan yili viloyatda Oʻzbekiston—Yaponiya xalqaro iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi tashkil etilgandi.
Kuni kecha Fargʻona shahrida ikki yurt tadbirkorlari ishtirokida Fargʻona—Yaponiya ikkinchi biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Unda kunchiqar yurtdan 10 dan ortiq yirik kompaniya vakillari bevosita ishtirok etgan boʻlsa, 30 dan ziyod kompaniya rahbarlari oʻz mamlakatida onlayn qatnashdi.
Taʼkidlash oʻrinliki, oʻtgan yilgi forum natijasida Fargʻona viloyatida yaponiyalik tadbirkorlar tomonidan 8 ta loyiha shakllantirilib, amalga oshirishga kirishildi. Bu galgi forumga aynan ana shu loyihalar arxitektor va quruvchilari tashrif buyurgani eʼtiborga loyiq.
— Istiqbolli loyiha doirasida viloyat markazida qad rostlagan zamonaviy Ekoshahar hududida 3 gektar maydonda “Shogun city” yapon bogʻi, mehmonxona, restoranlar majmuasi qurilishini rejalashtirganmiz, — deydi yaponiyalik tadbirkor Okuda Takefumi. —Loyiha qiymati 15 mln. dollar boʻlib, bu yerda mahalliy aholi va xorijlik sayyohlar uchun muhtasham dam olish maskani faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, forumda bir qator yapon investorlari ishtirokchilarni viloyatda amalga oshirilishi koʻzda tutilayotgan yangi biznes-loyihalari bilan tanishtirishdi. Oʻz navbatida forum qatnashchilariga Fargʻona viloyatining investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy salohiyati, viloyatda investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar boʻyicha taqdimot marosimi ham oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring