Fargʻonada tibbiyot xodimlarining faoliyatini baholash uchun elektron tizim joriy etilmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Botir Madiyorov/“Xalq soʻzi”. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Fargʻona viloyat filialida sinov tariqasida tibbiyot xodimlarini reyting baholash “Medical KPI” elektron tizimi ishga tushiriladi.
— Davlatimiz rahbarining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida tibbiyot xodimlarining ish samaradorligini oshirish va faoliyatini reyting baholash maqsadida “MedKPI” elektron tizimi ishlab chiqildi, — deydi Fargʻona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Abduqayum Toʻxtaqulov. — Yangi tizim sinov tariqasida dastlab Fargʻona, Margʻilon va Qoʻqon shaharlari, Beshariq tumani tugʻruq komplekslari hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida joriy etiladi.
Bu tizim tibbiyot xodimlarining bemorga boʻlgan munosabati, eʼtibori, muomala madaniyatini yaxshilashga xizmat qilib, shu orqali muassasaning kichik tibbiy xodimidan tortib, bosh shifokorgacha boʻlgan boʻgʻinda barchaning ish faoliyati baholanadi. Ayni jarayonda bemorlar oʻrtasida onlayn soʻrovnomalar oʻtkazish orqali baholashda xolislik va adolat taʼminlanishiga erishiladi.
Har bir muassasa faoliyati boʻyicha shaffoflikni taʼminlash maqsadida viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan. Tizimga tibbiyot xodimlari tomonidan oʻzgartirishlar kiritish, korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻyish imkoniyati mavjud emas, barcha jarayonlar toʻliq himoyalangan.
Bu borada tizim dasturiy taʼminoti toʻlaqonli ishlab chiqilgan boʻlib, dastlabki 2 ta muassasaga jihozlar oʻrnatildi. Hozirda yana 3 ta shifo maskanida jihozlash va oʻrnatish ishlari davom etmoqda. Yangi tizim kutilgan natija bergach, u viloyatdagi barcha tibbiyot muassasalariga tatbiq qilinishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring