Fargʻonada “Sportchilar bogʻi“ barpo etiladi

13:03 11 Noyabr 2024 Jamiyat
185 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi“. Ayni kunlarda “Yashil makon“ umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi doirasida Fargʻona viloyatining barcha hududlarida yangi bogʻ, xiyobon va koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Bu borada viloyat sportchilari oʻziga xos tashabbus koʻrsatib, Qoʻshtepa tumanida “Sportchilar bogʻi“ barpo etishga kirishildi. Ezgu yumushda Fargʻona sporti faxriylari, Olimpiya va Paralimpiya chempionlari hamda yosh sportchilar faol ishtirok etmoqda.

— Oʻtgan qisqa vaqtda “Sportchilar bogʻi“ga 1000 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi, — deydi Fargʻona viloyati sport boshqarmasi boshligʻi Nodirjon Hakimov. — Albatta, yaqin kelajakda bogʻ hududini yanada kengaytirib, yashil xiyobon, gulzor hamda hordiq chiqarish uchun maxsus oʻrindiqlar oʻrnatish ham rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?