Fargʻonada sifatli benzin va dizel yoqilgʻisi taʼminoti yaxshilanadi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahrida “SEG TASCO” shoʻba korxonalari tarkibiga kiruvchi yangi Fargʻona terminali foydalanishga topshirildi.
Tarmoq faoliyatini zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirish boʻyicha bir qator qarorlar qabul qilingan boʻlib, uning ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan yangi terminal hududda xizmat koʻrsatish sifatini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.
Aytish joiz, loyihani amalga oshirish doirasida qiymati 15 milliard soʻmlikdan ziyod qurilish-taʼmirlash hamda jihozlash ishlari amalga oshirildi. Bu nafaqat Fargʻona shahri va viloyati, balki Fargʻona vodiysida avtomobillarni bir necha turdagi sifatli benzin, dizel yoqilgʻisi bilan barqaror taʼminlash imkonini beradi.

Fargʻona terminalida 24/7 rejimida ish joriy etiladi. Natijada ilgari mahsulotni bitta yuk mashinasiga yuklash, rasmiylashtirish, olib chiqish va hujjatlarni tayyorlash bir kunda amalga oshirilgan boʻlsa, endilikda zamonaviy standartlar tufayli ushbu jarayonga atigi bir soatcha vaqt ketadi.
— Bu yerda kuniga 2 ming tonnagacha benzin va dizel yoqilgʻisi yetkazib berish imkoniyatini yaratildi,—deydi Fargʻona terminali rahbari Furqatjon Hamidov. — Bu loyiha Fargʻona vodiysida qish mavsumida ham avtomobillarni bir maromda yoqilgʻi bilan taʼminlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Loyiha doirasida Fargʻona vodiysi viloyatlarida 30 ta yangi “SEG TASCO” yoqilgʻi quyish shoxobchalarini qurish rejalashtirilgan. Ayni paytga qadar 10 dan ziyod yangi AYOQSH qurilib, foydalanishga topshirildi. Hozirda yangilarini qurish ishlari davom etmoqda.
Dastlabki bosqichda 25 ta yangi ish oʻrni yaratilishiga erishildi. Yaqin kelajakda ish hajmini yanada kengaytirish orqali doimiy ish oʻrinlari sonini 100 taga yetkazish maqsad qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring