Fargʻonada oʻzganing nomiga onlayn kredit rasmiylashtirgan kiberjinoyatchi ushlandi
Illyustrativ foto
Fargʻona viloyatida oʻzganing nomiga onlayn kredit olib, pullarni oʻzlashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Unga koʻra, Surxondaryo viloyatida yashovchi 51 yoshli B.K. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, uning nomiga nomaʼlum sabablarga koʻra onlayn kredit rasmiylashtirilganligini maʼlum qilgan.
Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Fargʻona viloyatida yashovchi 36 yoshli R.E. sodir etganligi aniqlangan. Maʼlum boʻlishicha, gumonlanuvchi R.E. jabrlanuvchi B.K.ga qoʻngʻiroq qilgan va oʻzini bank operatori sifatida tanishtirgan.
Shundan soʻng soxta havola yuborish orqali shaxsiy maʼlumotlarini qoʻlga kiritib, uning nomidan mobil ilova yordamida roʻyxatdan oʻtgan. Gumonlanuvchi onlayn tarzda 8 mln soʻm kredit rasmiylashtirib, oʻsha vaqtning oʻzida pullarni foydalanuvida boʻlgan bank plastik kartasiga oʻtkazib olgan.
Manbaga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan R.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a,b,g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring