Fargʻonada musiqa va sanʼat kechasi: Yangi Ekoshaharda unutilmas konsert
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahriga yondosh hududda bunyod etilgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi — Ekoshahar qisqa fursat ichida viloyatning madaniyat, sanʼat va turizm markaziga aylanib bormoqda. Fargʻonaning yangi timsoli sifatida eʼtirof etilayotgan ushbu zamonaviy maskanda joylashgan amfiteatrda navbatdagi musiqa va sanʼat kechasi uyushtirildi.

Bu galgi sanʼat kechasi Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Jenisbek Piyazovning konsert dasturi bilan yanada oʻziga xos tus oldi. Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri joʻrligida oʻtgan konsertda milliy musiqa merosimiz namunalari, shuningdek, jahon musiqasining tanlangan asarlari jonli ijroda yangradi.

Muhtasham amfiteatr sahnasida jonli ijroda kuylangan qoʻshiqlar tinglovchilarga katta zavq bagʻishladi va ularda unutilmas tassurotlar qoldirdi. Sanʼatga oshno yurtdoshlar uchun ushbu musiqa kechasi haqiqiy madaniy bayramga aylandi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring