Fargʻonada maktab oʻquvchisi boshqaruvidagi traktor poyezd yoʻliga chiqib ketdi
Foto: Videodan kadr
Fargʻona viloyati Buvayda tumanida maktab oʻquvchisi boshqaruvidagi traktor poyezd bilan toʻqnashib ketdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Buvayda tumanidagi maktablardan birining 9-sinf oʻquvchisi traktor boshqarib, poyezd yoʻliga chiqib ketgan. Oqibatda traktor poyezd bilan toʻqnashgan va uni boshqarayotgan oʻquvchi halok boʻlgan.
Qayd etilishicha, oʻquvchi taʼlim olgan maktabda holat yuzasidan ota-onalar ishtirokida muhokama majlisi oʻtkazilgan. Unda YPX xodimlari yosh bolalarning transport vositalarini boshqarishi ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini taʼkidlagan.
Shuningdek, poyezdlar bir izdan yurishi va ularni toʻxtatishning iloji boʻlmasligi sababidan maktab oʻquvchisi halok boʻlgan bu hodisada mashinist aybdor boʻlmasligi taʼkidlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring