Fargʻonada xalqaro ekomarafonning hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi

16:33 11 Noyabr 2020 Sport
878 0

Prezidentimizning 2020-yil 24-yanvar kungi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan hududlarda ommaviy sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Shu yilning 11-noyabr kuni “Save Aral” xalqaro ekomarafoni sport musobaqasining Fargʻona viloyati hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Sport musobaqasida 4500 nafardan ziyod hamyurtlarimiz ishtirok etib, turli nominatsiyalar boʻyicha faxrli I, II, va III-oʻrinlar sohiblari aniqlandi. Xususan, 2003-2004-yillarda tugʻilgan qizlar va oʻgʻil bolalar, ayollar va erkaklar jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan nominatsiyalar gʻoliblari musobaqaning faol ishtirokchilari sifatida eʼtirof etildi.

Shuningdek, ekomarafonda “Eng yosh qatnashchi”, “Eng faol erkak faxriy sportchi”, “Eng faol ayol faxriy sportchi” nominatsiyalari boʻyicha yaxshi natija koʻrsatgan sportchilar munosib ragʻbatlantirildi.

B.Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?