Fargʻonada ixtisoslashgan muassasalarga 1000 mingdan ortiq sport jihozlari topshirildi
Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida bir qator ezgu tashabbuslar amalga oshirildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan tizimdagi sport muassasalariga tuhfa sifatida yangi sport jihozlari topshirildi.
Natijada viloyatdagi 11 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda taʼlim olayotgan maxsus ehtiyojli bolalar, shuningdek, 3 ta “Muruvvat” internat uylarida yashovchi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 1008 ta zamonaviy sport anjomlari yetkazib berildi.
Tantanali tadbirlarda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Adaptiv sport assotsiatsiyasining Fargʻona viloyati boʻlimi masʼullari tomonidan ushbu jihozlar sport murabbiylariga topshirildi.

— Ayni paytda 150 nafarga yaqin oʻgʻil-qizlar ham oʻqib, ham hunar oʻrganishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, — deydi Fargʻona shahridagi 1-Nurli maskan direktori Nozimjon Hoshimov. — Taʼlim muassasasida shaxmat-shashka, yengil atletika va gandbol sport turlari yaxshi rivojlangan. Yangi sport jihozlari berilgani yutuqlar koʻlamini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Aytish joiz, mazkur tashabbus maxsus taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, nogironligi boʻlgan shaxslarning jismoniy rivojlanishiga koʻmaklashish va ularni sport orqali jamiyatga faol integratsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qulay sharoitlar esa bu yerda taʼlim olayotgan yosh avlodning sogʻlomlashtirish jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring