Fargʻonada eng yaxshi kutubxonachilar ragʻbatlantirildi
Ahmad Fargʻoniy nomidagi Fargʻona viloyat axborot-kutubxona markazida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda tuman va shahar axborot-kutubxona markazlaridan 14 nafar malakali mutaxassis qatnashdi.
Tadbirning asosiy maqsadi axborot-kutubxona sohasida fidoyilik koʻrsatib kelayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish, ularning kasbiy mahoratini oshirish hamda kutubxona faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishga qaratilgan.

Tanlov jarayonlari qiziqarli va murosasiz tarzda oʻtib, ishtirokchilar toʻrtta shart boʻyicha oʻz mahorati, bilim va salohiyatini namoyish etdi. Ayniqsa, kitob targʻibotiga bagʻishlangan interaktiv chiqishlar va “Bahribayt” bahslari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Yakuniy natijaga koʻra, viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Maftunaxon Shokirova 1-oʻrinni, Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Nilufar Halimjonova 2-oʻrinni hamda Bagʻdod tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Hafizaxon Abdullayeva faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Tadbir yakunida gʻoliblar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʻona viloyati boʻlimi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

— Bunday tanlovlar nafaqat sogʻlom raqobat muhitini yaratish, balki kutubxona sohasida yangicha fikrlaydigan va zamonaviy axborot texnologiyalarini yaxshi oʻzlashtirgan mutaxassislarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda, — deydi Ahmad Fargʻoniy nomidagi Fargʻona viloyat axborot-kutubxona markazi rahbari Husniyaxon Shermatova. — Kutubxona — maʼrifat maskani va bu yerda faoliyat yurituvchi xodimlarimiz jamiyatning maʼnaviy hayotida muhim oʻrin egallaydi. Bu tanlov sohada fidoyilari mehnatini eʼtirof etish hamda yangi yutuqlarga ruhlantirishi bilan ham gʻoyatda ahamiyatlidir.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring