Fargʻonada avtomobildan tanasini chiqarib pul sochgan shaxs qamaldi

13:39 25 May 2024 Jamiyat
162 0

Foto: Videodan kadr

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida yoʻlda tanasini avtomobil lyukidan chiqarib, soxta pul sochgan shaxs va haydovchiga nisbatan tegishli chora koʻrildi. Bu haqda IIV YHXX axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan videoda tasvirlangan holat tegishli tartibda oʻrganib chiqilgan va yoʻl harakati qoidalarini buzgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Unga koʻra, haydovchilik guvohnomasi boʻlmay turib transportni boshqargan hamda guruh boʻlib harakatlangan haydovchilarga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, yoʻl harakati qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganlarga nisbatan toʻplangan hujjatlar sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudi qarori bilan tanasini avtomobil lyukidan chiqarib, soxta pul sochgan shaxs 15 sutkaga, ushbu transportni boshqargan haydovchi 10 sutkaga qamalgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?