Fargʻonada 37 kgdan ziyod giyohvand modda saqlayotgan shaxs ushlandi

14:32 02 Iyul 2024 Jamiyat
249 0

Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida 37 kgdan ziyod giyohvand modda saqlayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 29-iyun kuni viloyat IIB hamda Margʻilon shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan “Qoradori-2024” tadbiri oʻtkazilgan. Tadbir davomida 1971-yilda tugʻilgan Tuyagum MFYda yashovchi A.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.

Aniqlanishicha, A.K. xonadonidagi ekin maydonida 13 tup marixuana giyohvand oʻsimligini parvarishlab kelayotgan boʻlgan.

Shuningdek, A.K. 10 dona 3 litrli idishda 12 kg 537 gr koʻknori boshoqlari, 2 dona 3 litrli idishda 2 kg 570 gr marixuana moddasi, 1 ta polietilen paketda esa 41 gr gashish giyohvandlik moddasi hamda oq rangli polietilen qopda 22 kg 550 gr koʻknori somonini saqlab kelayotganligi aniqlanib tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Manbaga koʻra, jami olingan giyohvand moddalar miqdori 37 kilogrammdan ziyodni tashkil qilgan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?