Endilikda davlat nafaqalari hisobidan kredit qarzini undirish taqiqlanadi
Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini yanada shaffof va adolatli qilish maqsadida bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan munosabatlarda qoʻyiladigan minimal talablarni yangiladi. Bu haqida Markaziy bankning Telegram-kanalida xabar berildi.
Unda aytilishicha, endilikda bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan munosabatlarda qoʻyiladigan minimal talablar quyidagilar etib belgilangan:
- Yangi chek-list joriy etiladi — u orqali mijoz kredit olishdagi barcha tavakkalchilik va majburiyatlar haqida oldindan maʼlumot oladi;
- Kredit toʻlovlarini kechiktirayotgan fuqarolar uchun shartnomani oʻzgartirish va yengillik berish tartibi belgilanadi;
- Banklar fuqarolarni ortiqcha qarzga undamasligi, davlat nafaqalari hisobidan qarz undirmasligi haqidagi qoidalar kuchaytirildi;
- Mijoz roziligisiz oldindan belgilangan belgilar yoki kredit parametrlarini kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi;
- Omonatlarni kafolatlash tizimi haqida aniq va standart maʼlumot berish majburiyati joriy etilmoqda.
Ushbu yangi normalar 2026-yilning 29-yanvar sanasidan boshlab kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring