Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti koʻp tarmoqli klinikasi tashkil etiladi

17:30 18 Avgust 2023 Jamiyat
605 0

Davlatimiz rahbarining joriy yil 12-13-may kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining koʻp tarmoqli klinikasi tashkil etiladigan boʻldi.

Mazkur yangi muassasa 2023-yil 1-sentyabrdan Fargʻona shahrida joylashgan 250 oʻrinli 2-shahar shifoxonasi negizida faoliyat boshlaydi.

Klinikada imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga bepul asosda tibbiy yordam koʻrsatiladi.

Uning xodimlari institut kafedralari bilan hamkorlikda oʻz ixtisosligi boʻyicha respublika miqyosida maqsadli dasturlarini ishlab chiqadi.

Xorijiy yetakchi tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, toʻplangan tajriba, axborotlar, shuningdek, mutaxassislar keng almashinuvini yoʻlga qoʻyadi.

Hududiy tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-uslubiy yordam beradi.

Institut professor-oʻqituvchilari, talabalari, magistrlari va klinik ordinatorlari bilan hamkorlikda sayyor qabullar, tibbiy koʻriklar va maslahatlar tashkil qiladi.

Qolaversa, institut klinikasi boʻlimlarida professor-oʻqituvchilar, talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlar amaliyot oʻtaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?