Fargʻona viloyatidagi AGTKSH 27 700 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Oltiariq tumanida joylashgan “N.I.B” MCHJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Xususan, ushbu MCHJga qarashli 46-sonli AGTKSHda gaz sarfini oʻlchash kompleksiga oʻrnatilgan “toraytiruvchi” qurilmaning kirish-chiqish qismidagi gaz joʻmraklariga davlatlararo standart talablari (GOST 8.586-2005)ga zid ravishda “prokladka” oʻrnatilganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur noqonuniy holat natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 5 mlrd 542 mln soʻm (5 mln 542 ming metr kub)ni tashkil etgan.
Maʼlumot uchun: ushbu hajmdagi tabiiy gaz 27 ming 700 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng.
Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring