Fargʻona shahrida Doʻstlik uyi oʻz faoliyatini boshladi
Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona shahrida Doʻstlik uyi oʻz faoliyatini boshladi
Fargʻona shahrida Doʻstlik uyi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Yangi markazning ochilish marosimida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari, tegishli mutasaddi idoralar rahbarlari, viloyatdagi nemis, slavyan, yahudiy, tatar, qirgʻiz, koreys, tojik, turk milliy madaniy markazlari faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda millatlararo doʻstlik, totuvlik va bagʻrikenglikni mustahkamlash davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan siyosatning asosiy tamoyillaridan biri ekani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Ayni jarayonda milliy madaniy markazlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor koʻrsatilayotgani, ushbu Doʻstlik uyi ham ana shu eʼtiborning yorqin namunasi ekani qayd etildi.

Fargʻona viloyati mahalliy byudjetidan 3,5 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ sarflanib rekonstruksiya qilingach, koʻrkam va zamonaviy qiyofaga ega boʻlgan sobiq “Neftchi” madaniyat saroyi binosi endilikda turli millat va elat vakillari uchun haqiqiy doʻstlik maskaniga aylanadi. Bu yerda viloyatdagi 8 ta milliy madaniy markazga alohida xonalar ajratilgan, toʻgaraklar va turli tadbirlar tashkil etish uchun konsert zali zamonaviy koʻrinishga keltirildi.
— Ayni paytda viloyatda 4 millionga yaqin turli millat vakillari istiqomat qilayotgan boʻlsa, ularning 228 ming nafardan ziyodi tojiklardir, — deydi Fargʻona viloyati tojik milliy madaniy markazi rahbari Maʼsudjon Mirzoyev. — Hozirgi kunda turli millat vakillari bilan birga tojiklar ham “Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida mushtarak maqsad — Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi yoʻlida sidqidildan mehnat qilmoqdalar.
Doʻstlik uyining tantanali ochilish tadbirida qardosh xalqlarning milliy anʼana va qadriyatlarini namoyon etgan kuy-qoʻshiqlar va raqslardan iborat konsert dasturi namoyish etildi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring