Fargʻona politexnika instituti jahon universitetlari reytingida qayd etildi
Ayni paytda Fargʻona politexnika institutida 682 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, 2023-yil yakuni bilan taʼlim dargohining ilmiy salohiyati 36 foizga yetdi.
Shuningdek, 2023-yil davomida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 18 ta va xalqaro miqyosda 10 ta loyiha hamda institut qoshida tashkil etilgan Spin-off korxonalari tomonidan 682 ta hamkorlik shartnomalari amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq qilinishiga erishildi.
— “InnoWeek-2023” innovatsion haftalik doirasida oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlarning 2022-yilgi faoliyati natijalariga koʻra milliy reytingi eʼlon qilinib, Fargʻona politexnika instituti mamlakatimiz OTMlari ichida “Top–5” likdan oʻrin egalladi, — deydi Fargʻona politexnika instituti rektori Oʻktam Salomov. — Oʻtgan yili institut nafaqat milliy reytingda, balki xalqaro maydonda ham oʻz oʻrniga ega boʻlgani quvonarlidir.
Taʼkidlash joiz, 2023-yilda dunyoda eng nufuzli hisoblangan QS tashkiloti Jahon universitetlari reytingi “World University Rankings — 2024” ni eʼlon qildi. Yurtimizdagi 14 ta oliy taʼlim muassasasi ushbu reytingda ilk bor joy oldi va ular orasida Fargʻona politexnika instituti ham bor.
Oʻtgan yili institut professor-oʻqituvchilari ham koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritdi.
Xususan, institut oʻqituvchisi Ahadjon Oʻlmasovning yosh tadqiqotchi sifatidagi ilmiy ishlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirildi. Shu tariqa yosh olimning izlanishlari tufayli bugungi kungacha xorijdan import qilib olib kelinayotgan suv nasoslari, elektr dvigatel metall korpus mahsulotlari mahalliy xomashyolar asosida lokalizatsiya qilinib, toʻliq ishlab chiqarishga joriy qilindi. Bu yutuqlari evaziga yosh olim Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring