Fargʻona xalqaro aeroportida xorijliklar uchun Tax free tizimi ishga tushirildi
Foto: Xalq so‘zi
Shu yilning 1-yanvaridan boshlab Fargʻona xalqaro aeroportida xorijiy davlatlar fuqarolariga Tax free – xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tizimi faoliyat boshladi. Shu tariqa aeroport hududida Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Soliq servis” davlat unitar korxonasi tomonidan chet davlatlar fuqarolariga amalga oshirilgan xaridlardan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida Tax free xizmati shoxobchasi tashkil etildi.
Taʼkidlash joizki, Tax free tizimi mamlakatimizning barcha hududlaridagi chakana savdo obyektlarida tegishli qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan mahsulotlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Fargʻona viloyati davlat soliq boshqarmasi mutaxassisi Sarvar Gʻiyosovning qayd etishicha, qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish uchun murojaat qilayotgan xorijiy davlat fuqarosi umumiy qiymati kamida 1 million soʻm boʻlgan, Tax free tizimi tatbiq etiladigan mahsulotlarni xarid qilgan boʻlishi zarur.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring