Falaj bemorlar fikrlarini matnga aylantiruvchi implant yaratildi
AQSHning Stenford universiteti olimlari Govard Xyuz tibbiyot instituti tadqiqotchilari bilan birgalikda falaj insonlar fikrlarini toʻgʻridan-toʻgʻri matnga aylantirib beruvchi miya implantini yaratdi.
Ushbu neyrodekoder yonlama amiotrofik skleroz kasalligiga chalingan bemorlarning bosh miya poʻstlogʻiga oʻrnatiladi. Shundan soʻng innovatsion sensorlar yordamida inson fikrlari monitorda matn formatida namoyon boʻladi.
Mazkur nanotexnologiyaning fikrni dekodlash samaradorligi va aniqligi 94 foizga teng. Bu esa mazkur toifadagi bemorlarga bir daqiqa ichida 62 soʻzni ifodalash imkonini beradi.
Garchi yangi tizim hozircha kundalik foydalanish uchun toʻliq tayyor boʻlmasa-da, u falaj insonlar bilan muloqot qilish bobida katta muvaffaqiyat sifatida eʼtirof etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring