Falastin Isroil bilan muzokaralar uchun eng yaxshi variantni maʼlum qildi
Falastin BMT, Yevropa Ittifoqi, Rossiya va AQSHni oʻz ichiga olgan “Yaqin Sharq toʻrtligi” formatini Isroil bilan muzokaralar uchun eng yaxshi variant deya maʼlum qildi. Bu haqda Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdel Hofiz Nofal aytib oʻtdi.
“Biz Kvartet Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni uchun eng yaxshi variant deb hisoblaymiz”, deydi Nofal. Diplomat Isroil-Falastin mojarosini oʻta murakkab masala deb atadi va uni hal qilish uchun “Yaqin Sharq toʻrtligi” ishini faollashtirish, shu jumladan Moskvada vazirlar uchrashuvini oʻtkazish muhimligini taʼkidladi.
Shuningdek, elchi Rossiyaning Isroil-Falastin muzokaralarini Moskvada oʻtkazish boʻyicha tashabbusini mamnuniyat bilan qabul qildi. Ammo Falastin tomoni rasmiy taklifni hali olmaganligini taʼkidladi.
“Agar biz taklif olsak, ushbu uchrashuvda ishtirok etishga tayyormiz”, deydi Nofal.
10-may kuni Gʻazo sektorida joylashgan Falastinning “XAMAS” va “Islom jihodi” guruhlari Isroilni oʻqqa tutishni boshladilar. Oʻtgan vaqt ichida jami mamlakat boʻylab uch mingdan ortiq raketalar otilgan.
Bunga javoban Isroil 5000 nafar zahiradagi askarni chaqirgan va Gʻazo sektoriga havo hujumlarini uyushtirmoqda. Toʻqnashuvlar hali ham davom etmoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Falastin-Isroil mojarosi boshlanganidan beri oʻn nafar isroillik va 220 nafar Gʻazo sektori aholisi halok boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Tailand va Kambodja oʻrtasida toʻqnashuvlar avj oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring