Faktoring xizmati tadbirkorlarga qulaylik yaratmoqda
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Faktoring – korxonaning debitorlik haqdorligini diskont bilan sotib olish degani. Bugungi kunda Namangan viloyati banklari tomonidan koʻrsatilayotgan shu kabi yordamlar tufayli bir qator korxonalar faoliyatini rivojlantirmoqda. Xususan, Yangi Namangan tumanida sochiq ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Nefertiti” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻtgan yili moliyaviy muassasaning ayni xizmati orqali ishlab chiqarishdagi muammosini muvaffaqiyatli yechishga erishdi. Oʻshanda korxona moliyaviy yordamga muhtoj, lekin kredit olish uchun garov mulki yoʻq holatga tushib qolgandi.
Tadbirkorlik jamoasining viloyat hokimiga murojaati asosida bu yerdagi holat batafsil oʻrganib chiqildi. Shundan soʻng “Trastbank“ xususiy aksiyadorlik banki Namangan bank xizmatlari ofisi tomonidan korxonaga garov taʼminotisiz 600 million soʻm ajratilib, faktoring xizmati koʻrsatildi. Natijada MCHJning ishi yurishib ketdi. 2024-yil yakuni bilan 2 million AQSH dollarilik mahsulot eksport qilishga erishildi. Hozirda bu yerda 40 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Mehnat jamoasi yangi yilni yanada koʻtarinki ruh bilan boshladi. Endilikda yil davomida eksport koʻrsatkichini 3 million AQSH dollariga yetkazish, qoʻshimcha 20 ta yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.
— Biznes tizimiga koʻrsatilayotgan moliyaviy koʻmak oʻz natijasini bermoqda, — deydi Markaziy bankning Namangan viloyat boshqarmasi mutaxassisi Azizbek Asqarov. — Birgina yakunlangan yilning oʻzida banklarimiz tomonidan 24 ta tadbirkorlik subyektiga 25,6 milliard soʻmlik faktoring xizmati koʻrsatilib, ularning iqtisodiy holati yaxshilanishiga amaliy yordam berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring