Yevroparlament Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oʻninchi paketini zudlik bilan qabul qilishga chaqirdi
Foto: AP
Yevroparlament (YEP) aʼzolari shu yilning 2-fevral kuni Bryusselda boʻlib oʻtadigan yalpi majlisda Rossiyaga qarshi cheklovlarning oʻninchi paketini tezroq qabul qilishga chaqirishga qaror qildi. Bu haqda YEP matbuot xizmati xabar berdi.
“Yevroparlament Yevropa Ittifoqi davlatlarini imkon qadar tezroq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oʻninchi paketini kelishib olishga chaqiradi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, parlamentdan quyidagi cheklovlar, jumladan, iqtisodiy va shaxsiy cheklovlar boʻyicha oʻz vaqtida tashabbus koʻrsatish soʻralgan.
Bir qator YEP deputatlarining fikricha, Rossiyaning «Lukoyl» va «Rosatom» kompaniyalariga qarshi sanksiyalarni ishlab chiqish zarur. Parlament aʼzolari, shuningdek, Rossiyadan olmoslarni toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita olib kirish, sotib olish va tashishni cheklashni taklif qilmoqdalar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring