Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi maʼlum boʻldi

19:30 15 Dekabr 2020 Sport
1056 0

Fotо: Getty Images

Dortmundning "Borussiya“ klubi hamda Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xollan Yevropaning ”Eng yaxshi yosh futbolchisi" deb topildi.

“Tuttosport” xabariga koʻra, Yevropaning 21 yoshgacha boʻlgan “Eng yaxshi yosh futbolchisi”ga beriladigan “Golden Boy” mukofoti Xollanga topshirilgan.

“Bu men uchun katta muvaffaqiyatga erishish yoʻlidagi motivatsiyadir. Yangi maqsadlarga erishishni hamda oldinga intilishni istayman”, degan hujumchi mukofot olganidan keyin.

Maʼlumot oʻrnida, Erling Xollan 2020-yilning yanvar oyida "Borussiya“ klubiga Avstriyaning ”Zalsburg" jamoasidan 20 million yevro evaziga oʻtgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?