Yevropa TOP-5 chempionatlarida yozgi transferlar oynasi yopildi

Foto: SI
Kecha, 1-sentyabr kuni Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiya kabi TOP-5 mamlakatlari futbol klublari uchun yozgi transferlar oynasi yopildi.
Transferlar oynasining soʻnggi kunida klublar quyidagi futbolchilar bilan shartnoma imzolashga ulgurdilar:
Angliya klublari
Ris Nelson – “Arsenal”dan ijara asosida “Brentford” klubiga oʻtdi;
Aleksandr Zinchenko – “Arsenal” klubidan ijara asosida “Nottingem Forest”ga oʻtdi;
Bertrand Traore – “Ayaks” klubidan 2,5 million yevro evaziga “Sanderlend” jamoasiga oʻtdi;
Igor Julio – “Brayton” klubidan ijara asosida “Vest Hem”ga oʻtdi;
Dilan Bakva – “Strasburg” jamoasidan 35 million yevro evaziga “Nottingem Forest”ga transfer qilindi;
Yoan Vissa – “Brentford” klubidan 58 million yevro evaziga “Nyukasl”ga transfer qilindi;
Senne Lammens – “Antverp” jamoasidan “Manchester Yunayted”ga 21 million evaziga oʻtdi;
Harvi Elliott – “Liverpul” jamoasi “Aston Villa”ga ijaraga berdi;
Jadon Sancho – “Manchester Yunayted” klubidan erkin agent sifatida “Aston Villa”ga oʻtdi;
Aleksandr Isak – “Nyukasl”dan 150 million yevro evaziga “Liverpul”ga oʻtdi;
Janluiji Donnarumma — PSJ jamoasidan 30 million yevro evaziga “Manchester Siti” klubiga oʻtdi;
Kolo Muani – PSJ jamoasidan ijara asosida “Tottenhem” klubiga oʻtdi.
Ispaniya klublari
Sheraldo Bekker – “Real Sosyedad” klubidan erkin agent sifatida “Osasuna”ga oʻtdi;
Manor Solomon – “Tottenhem”dan ijara asosida “Vilyarreal”ga oʻtdi;
Unay Vensedor – “Atletik Bilbao” jamoasidan ijara asosida “Levante”ga oʻtdi;
Dominik Livakovich – “Fenerbaxche”dan ijara asosida “Jirona” jamoasiga oʻtdi;
Aleksis Sanches – “Udineze” klubidan erkin agent sifatida “Sevilya” jamoasiga oʻtdi;
Brayan Xil – “Tottenhem” 6 million yevro evaziga “Jirona”ga transfer qildi;
Sofyan Amrabat – “Fenerbaxche”dan ijara asosida “Betis” klubiga oʻtdi;
Fabio Kardozo – “Portu” klubidan erkin agent sifatida “Sevilya”ga kelib qoʻshildi;
Antoni – “Manchester Yunayted”dan 22 million yevro evaziga “Betis” klubiga oʻtdi.
Italiya klublari
Maksvel Korne – “Vest Hem”dan ijara asosida “Jenoa”ga oʻtdi;
Jeymi Vardi – “Lester Siti”dan erkin agent sifatida “Kremoneze” klubiga oʻtdi;
Manuel Akanji – “Manchester Siti”dan ijara asosida “Inter”ga oʻtdi.
Germaniya klublari
Nikolas Jekson – “Chelsi” klubidan 15 million yevro evaziga “Bavariya” jamoasiga ijaraga berildi;
Fabio Viyeyra – “Arsenal” jamoasidan ijara asosida “Gamburg” klubiga oʻtdi;
Konrad Xarder – “Sporting”dan 24 million yevro evaziga “Leypsig” klubiga oʻtdi.
Fransiya klublari
Benjamen Pavar – “Inter” klubidan ijara asosida “Marsel” jamoasiga oʻtdi;
Ben Chiluell – “Chelsi”dan erkin agent sifatida “Strasburg” klubiga oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring