Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida mablagʻ ajratishni maʼqulladi
Illyustrativ foto
Yevropa Ittifoqi yetakchilari 2026-2027-yillarda Ittifoqning umumiy byudjetidan Ukrainaga 90 milliard yevrogacha mablagʻ ajratishga kelishib oldilar. Yordam foizsiz kredit sifatida taqdim etiladi. Muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish gʻoyasi Bryusselda qoʻllab-quvvatlanmadi.
Bu haqda Yevropa Kengashi prezidenti Antonio Koshta eʼlon qildi va u Yevropa Ittifoqi yetakchilari “majburiyatlar olganliklarini va ularni bajarganliklari” taʼkidladi.
Kelishuv Yevropa Ittifoqining umumiy byudjetidan beriladigan kredit shaklida uzoq muddatli moliyalashtirishni nazarda tutadi. Muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Kiyevni toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirish uchun foydalanish gʻoyasi yakuniy qarorga kiritilmagan.
“Financial Times” gazetasi xabariga koʻra, kelishilgan paket Ukrainaga ikki yil davomida foizsiz kredit sifatida mablagʻ ajratishni koʻzda tutadi.
Germaniya kansleri Fridrix Mers bu qaytarilmaydigan yordam paketi emasligini, balki kredit ekanini tasdiqladi va Rossiyaning muzlatilgan aktivlariga tegilmasligini aytdi. Unga koʻra, bu mablagʻlar Moskva Ukrainaga kompensatsiya toʻlamaguncha sanksiyalarga duchor boʻladi, uning miqdori va mexanizmi alohida xalqaro muhokamalar mavzusi boʻlib qoladi.
“Financial Times” Yevropa diplomatik manbalariga tayanib, kredit Yevropa Ittifoqi byudjetiga kelajakdagi badallar hisobidan qoplanishini va aʼzo davlatlar tomonidan milliy xarajatlarni darhol oshirishni talab qilmasligini aniqlagan.
Rossiya aktivlari muhokamasi
Sammitdagi alohida va juda nozik masala ilgari Ukrainani moliyalashtirishda foydalanish taklif qilingan muzlatilgan Rossiya suveren aktivlarining taqdiri edi. Yevropa Ittifoqining hisob-kitoblariga koʻra, bu aktivlar taxminan 210 milliard yevroni tashkil etadi, ularning aksariyati Yevropada, asosan Belgiyaning “Euroclear” depozitariysida saqlanadi.
“Reuters” va “Associated Press” axborot agentliklariga koʻra, ushbu aktivlarni toʻgʻridan-toʻgʻri musodara qilish gʻoyasi hali Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining aksariyati tomonidan qoʻllab-quvvatlanmagan.
Bryussel jiddiy huquqiy xavflarga ishora qilmoqda: Rossiyadan mumkin boʻlgan sud jarayonlari, qasos choralari tahdidi va Yevropa moliya tizimiga ishonchni yoʻqotishi mumkinligi haqidagi xavotirlar. Bu masala, ayniqsa, ushbu aktivlarning katta qismi jamlangan Belgiya uchun juda nozik boʻlib qolmoqda.
Yevropa Markaziy banki ham bu masalada oʻz pozitsiyasini saqlab qolmoqda. Yevropa Markaziy banki prezidenti Kristin Lagard ilgari Rossiya aktivlari boʻyicha har qanday qarorlar mustahkam huquqiy asosga ega boʻlishi kerakligini aytgan edi. “Reuters” xabariga koʻra, Yevropa Markaziy banki aniq xalqaro huquqiy asossiz aktivlardan foydalanish yevro barqarorligi va Yevropa yurisdiksiyasiga ishonch uchun xavf tugʻdirishi mumkinligidan qoʻrqadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring