Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qurol berganlikda gumonlab Eronga sanksiyalar qoʻlladi

16:09 15 Oktyabr 2024 Dunyo
244 0

Illyustrativ foto

Yevropa Ittifoqi Eronning oʻndan ortiq jismoniy va yuridik shaxslariga, jumladan, mamlakat mudofaa vaziri oʻrinbosari va milliy aviakompaniyasiga raketa hamda uchuvchisiz samolyotlarning Rossiyaga joʻnatilishida gumon qilingani uchun sanksiyalar eʼlon qildi. Taʼkidlanishicha, joʻnatilayotgan qurol-yarogʻ va jihozlar Ukrainaga qarshi ishlatilmoqda.

Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen sanksiyalarni olqishlagan.

“Eron rejimi Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini qoʻllab-quvvatlashi qabul qilib boʻlmaydigan holat va bu toʻxtatilishi kerak. Shuning uchun men Eronning dron va raketalarni Rossiyaga oʻtkazishiga javoban jismoniy hamda yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalarimiz qabul qilinishini olqishlayman”, — dedi u.

Seshanba kuni Eron tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bagʻiy Tehron Rossiyaga raketa yetkazib berganini rad etdi va sanksiyalarni xalqaro qonunlarga zid, deb qoraladi. Unga koʻra, Baʼzi Yevropa davlatlari va Buyuk Britaniya Eron bu mojaroga harbiy aralashganini hech qanday dalilsiz daʼvo qilmoqda.

Oxirgi sanksiyalar AQSH oʻtgan oy Eron Rossiyaga Ukrainada qoʻllash uchun ballistik raketalar yetkazib berganiga oid razvedka maʼlumotlariga ega ekanligini aytganidan keyin joriy qilingan.

Eron prezidenti Masʼud Pezeshkiyon avgust oyida hokimiyatga kelganidan soʻng Tehron Rossiyaga qurol-yarogʻ yetkazib berayotganini rad etib, oʻtmishda bunday hollar boʻlgan boʻlishi mumkinligini tan olgandi.

Rossiya 2022-yil fevralida Ukrainada “maxsus harbiy amaliyot” boshlaganidan beri, Vengriyadan tashqari Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar Ukrainaga qariyb 118 milliard yevro miqdorida harbiy va iqtisodiy yordam koʻrsatgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер