Yevropa Ittifoqi Xitoy bilan munosabatlarni qayta koʻrib chiqishga chaqirildi

Arxiv foto
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy qilingan savdo tariflari munosabati bilan Yevropa Ittifoqini Xitoy bilan munosabatlarini qayta koʻrib chiqishga chaqirdi. Bu haqda “Bloomberg” yozmoqda.
“Savdo urushi hech kimning manfaatiga toʻgʻri kelmaydi. Savdo urushidan hech kim gʻalaba qozonmaydi. Barcha mamlakatlar yutqazadi, ayniqsa ishchilar va oʻrta sinf”, dedi Sanches.
Ispaniya bosh vazirining fikricha, Vashingtonning harakatlari Yevropani yangi hamkorlar topish borasidagi yondashuvini qayta koʻrib chiqishga majbur qilishi kerak. Siyosatchi yangi voqelikka moslashishga, jumladan, Xitoyga nisbatan pozitsiyani qayta koʻrib chiqishga chaqirdi.
Shu yilning 2-aprel kuni Tramp 185 mamlakat uchun import tariflarining yangi tizimini joriy qildi. Baza stavkasi barcha import qilinadigan tovarlar boʻyicha 10 foizni tashkil etdi va alohida mamlakatlar uchun u sezilarli darajada yuqori boʻldi. Xususan, Xitoy uchun 34, Vyetnam uchun 46 va Yevropa Ittifoqi uchun 20 foiz. Bunga javoban Xitoy ham AQSH tovarlariga 34 foizlik bojlar joriy qildi. Butun dunyo yetakchilari Trampning qarorini qoralab, javob choralari bilan tahdid qilishdi.
Shu fonda AQSH fond bozori koronavirus pandemiyasining boshida kuzatilgan darajaga tushib ketdi. “Bloomberg” maʼlumotlariga koʻra, AQSH bojlar joriy qilganidan keyin dunyoning eng boy odamlari 208 milliard dollar yoʻqotgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring