Yevropa yetakchilari Ukrainadagi urushni muhokama qilish uchun AQSHga keladi — Tramp

Qoʻshma Shtatlar rahbari Donald Trampning bildirishicha, Yevropa yetakchilari dushanba yoki seshanba kuni AQSHga tashrif buyurib, Ukrainadagi urushni tugatish yoʻllarini muhokama qiladi. Bu haqida “BBC News” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan ham tez kunda yana gaplashishini aytgan. Shuningdek, Moskvaga nisbatan sanksiyalarning ikkinchi bosqichiga oʻtishga tayyorligini ham qoʻshimcha qilgan.
“Yevropaning ayrim yetakchilari Rossiya-Ukraina urushini muhokama qilish uchun bugun, 8-sentyabr yoki ertaga, 9-sentyabr kuni yakka tartibda mamlakatimizga keladi”, — degan Tramp.
AQSH rahbari aynan qaysi Yevropa mamlakatlari rahbarlari Qoʻshma Shtatlarga tashrif buyurishi haqida aniq gapirmagan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH tomonidan Rossiyaga nisbatan qoʻllanilayotgan sanksiyalarni qoʻllab-quvvatlab, Yevropa mamlakatlarini Rossiyadan energiya resurslari sotib olishni toʻxtatishga chaqirgan.
“Biz Rossiyadan energiya resurslarining har qanday turini sotib olishni toʻxtatishimiz kerak. Agar biz ularni toʻxtatmoqchi boʻlsak, Rossiya bilan hech qanday bitim tuzmasligimiz lozim. Rossiya bilan shartnomalar tuzishda davom etayotgan davlatlarga bojlar kiritish gʻoyasi, menimcha, bu toʻgʻri fikr”, — degan Zelenskiy.
AQSH moliya vaziri Skott Bessentning bildirishicha, Qoʻshma Shtatlar Rossiya neftini sotib oluvchi davlatlarga ikkilamchi bojlar joriy qilish uchun Yevropa Ittifoqidan yordam kutmoqda.
“Agar Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya neftini sotib oluvchi davlatlarga nisbatan sanksiyalar va ikkilamchi tariflarni oshirsa, Rossiya iqtisodiyoti butunlay tanazzulga yuz tutadi va bu prezident Putinni muzokaralar stoliga olib keladi. Biz hozir Ukraina harbiylarining qancha vaqt tura olishi hamda Rossiya iqtisodiyotining qancha muddatga bardosh bera olishi boʻyicha poyga oʻynayapmiz”, — deydi Bessent.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring