YTTB Oʻzbekistondagi farmatsevtika mahsulotlarining yetakchi distribyutorlaridan biriga 23 million dollargacha kredit ajratadi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Oʻzbekistondagi farmatsevtika mahsulotlarining yetakchi distribyutorlaridan biri “Meros Pharm” kompaniyasiga 23 million dollargacha kredit ajratadi.
Kredit kompaniyaga operatsiyalarning geografik qamrovini kengaytirish uchun aylanma mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojni qoplashga yordam berishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, YTTB “Meros Pharm”ga malakali kadrlarni tayyorlash va oʻsib borayotgan aholi ish oʻrinlari yetishmayotgan hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratishda koʻmaklashadi.
YTTB bilan birgalikda “Meros Pharm” oʻzining tarkibiy boʻlinmasi tarkibida logistika va omborlar sohasida zarur boʻlgan malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha yangi oʻquv markazini tashkil etadi. Ushbu markazda har yili kompaniyaning 150 ga yaqin amaldagi va yangi ishga qabul qilingan xodimlarining malakasi oshirib boriladi, bu esa ularning kasbiy darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Oʻzbekistonda YTTB asosiy institutsional investorlardan biri boʻlib, bugungi kunga qadar mamlakatdagi 135 ta loyihaga 4 milliard yevrodan ortiq sarmoya kiritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring