Ertaga afv etilganlar taqdiri haqida film taqdimoti oʻtkaziladi

11:30 07 Dekabr 2022 Madaniyat
757 0

Joriy yilning 8-dekabr kuni soat 14:00 da “Kinochilar uyi” kinoteatrida “Afv” filmining taqdimoti oʻtkaziladi.

Film real voqealarga asoslangan boʻlib, turli jinoyatlar sodir etib, adashib qolgan va oʻz qilmishlaridan pushaymon boʻlib afv soʻragan mahkumlarning hayoti haqida hikoya qiladi.

Davr xuruji boʻlgan terrorchilik guruhlariga adashib kirib qolgan Kamol homilador xotinini yolgʻiz onasi bilan qoldirib, qamalib ketadi. Bola tugʻilib 5 yoshga toʻlganida, otasining qilgan aybi uchun bir talay muammolarga duch keladi. Mahalla bolalari undan yuz oʻgirishib, “Vohobiyning bolasi” deya haydashadi. Bu esa 5 yoshli Jasurning ruhiyatiga qattiq taʼsir etadi.

Shu kabi voqealar bilan boyitilgan mazkur filmda jinoyatchilarning qilgan xatolaridan xatto oila aʼzolari jabr chekishi koʻrsatilgan.

Film cahnalashtiruvchi rejissyori Zilola Jurayeva, badiiy rahbar Said Muxtorov, ssenariy muallifi Azamat Korjovov, operator Ilhom Xamidov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?