Eron hamda Isroilda yashovchi Oʻzbekiston fuqarolari ogohlantirildi
Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi va Eron hamda Isroilda raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan ushbu davlatlarda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlantirildi. Bu haqida Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxanov xabar berdi.
Oʻzbekiston TIV fuqarolarga xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilishni, zaruratga qarab Eronda istiqomat qiluvchilar bomba boshpanalariga tezlik bilan kirish, Isroilda esa front orti qoʻmondonligi ogohlantirishlariga amal qilish lozimligini taʼkidlagan.
“Har ikki davlatdagi fuqarolarimiz rasmiy xabarlarni muntazam kuzatib boring, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va elchixona aloqa maʼlumotlarini doimo yoningizda saqlang”, deyiladi TIV ogohlantirish xabarida.
Erondagi Elchixonamiz aloqa maʼlumotlari:
- Telefon: 22299780, 22832025
- El. pochta: iri.uzembassy@mfa.uz
Isroildagi Elchixonamiz aloqa maʼlumotlari:
- Telefon: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076
Shoshilinch xabarlar uchun:
- 054 485 1397
- El. pochta: il.uzembassy@mfa.uz
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring