Eron yadroviy obyektlari Isroilning navbatdagi nishoniga aylandi — AQSH

15:07 13 Fevral 2025 Dunyo
72 0

Isroil 2025-yilda Eronning yadroviy obyektlariga zarba berishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda “Wall Street Journal” nashri.

Unga koʻra, Isroilning Eronga zarbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatining yakuniy hisobotidan joy olgan. Unda taʼkidlanishicha, Isroilning Eron obyektlariga zarba berishi AQSHning qoʻllovisiz amalga oshishi qiyin. Tramp administratsiyasi bu harakatlarda Isroilni qoʻllab quvvatlashga yaqin turibdi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mazkur xabarlar yuzasidan hech qanday munosabat bildirmagan.

Maʼlumki, AQSH prezidenti Donald Tramp Netanyaxu bilan uchrashuvidan soʻng, Eronga nisbatan bosimni kuchaytirish siyosatini qayta boshlash toʻgʻrisidagi farmonini imzolagan edi. AQSHning bu harakatlari Tehronning yadro qurolini ishlab chiqarishga toʻsqinlik qilish, deya malakalangan.

Shuningdek, Tramp OAVda tarqalayotgan AQSH hamda Isroil Eronga qarshi misli koʻrilmagan urush ochgani toʻgʻrisidagi xabarlarga ishonmaslikni, bu maʼlumotlar boʻrttirib koʻrsatilayotgani toʻgʻrisida aytib oʻtdi.

“Men Eron bilan yadroviy masalada kelishishni istardim. Ular yadroviy qurolga ega boʻlmasligi kerak. Eron bilan mojaroga borishdan koʻra, bitim tuzish afzalroq”, — deydi Tramp.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, AQSH razvedkasi Eron olimlari guruhi yadroviy qurol yaratishning tezlashtirilgan usuli ustida ishlayotganini aniqlagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер