Navoiyda isteʼmolchilardan asossiz olingan 200 mln soʻm qayta hisoblanadi
Raqobat qoʻmitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijasida “Elkimyo-suvtaʼminot” MCHJ tomonidan isteʼmolchilardan ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uchun noqonuniy ravishda 200 million soʻmdan ortiq mablagʻ undirilgani aniqlangan.
Tartibga koʻra, tabiiy monopoliya subyektlari oʻz xizmatlariga belgilangan tariflarning oʻzgarishi haqida kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalari va rasmiy veb-saytlari orqali aholiga maʼlum qilishi lozim. Biroq, mazkur korxona bunga rioya qilmagan.
Aniqlangan qonunbuzarliklar asosida Raqobat qoʻmitasi hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Elkimyo-suvtaʼminot” MCHJga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, unga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllash boʻyicha qaror qabul qilindi.
Bundan tashqari, isteʼmolchilardan ortiqcha undirilgan 200 million soʻm qayta hisob-kitob qilinishi boʻyicha koʻrsatma berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring