Qozogʻistonda 16 yoshgacha boʻlganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash taklif etildi

22:33 04 Dekabr 2025 Dunyo
65 0

Qozogʻistonda 16 yoshga toʻlmagan foydalanuvchilarga onlayn-platformalarda roʻyxatdan oʻtishni taqiqlash taklifi ilgari surildi, deb yozadi Tengrinews.

Ushbu tashabbus “Onlayn platformalar va ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qonun loyihasida aks etgan.

Yangi norma quyidagicha belgilanadi:

“Onlayn-platformalarda foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish oʻn olti yoshga toʻlguniga qadar taqiqlanadi, bundan faqat tezkor xabar almashish xizmatlari istisno qilinadi”.

Mazkur talablarga koʻra, 16 yoshga toʻlmaganlar videoplatformalar, ijtimoiy tarmoqlar, turli kontent platformalarida profil yaratolmaydi, istisno sifatida faqat messenjerlardan foydalanishi mumkin.

Loyiha mualliflarining taʼkidlashicha, bu taqiq bolalarni onlayn-platformalarda tarqalayotgan zararli va noqonuniy kontentdan himoya qilishga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?