Soʻnggi uch yilda parasport bilan muntazam shugʻullanuvchilar 7 mingdan oshdi

13:34 13 Fevral 2025 Siyosat
125 0

Soʻnggi uch yilda parasport bilan muntazam shugʻullanuvchilar 4 karra koʻpayib, 7 mingdan oshdi, ayol parasportchilar ulushi 29 foizga yetdi.

Ilgari bu toifadagi yoshlar uchun atigi 33 ta maktabda sport toʻgaraklari bor edi, bugun bunday maktablar soni 235 taga yetdi.

Shu bilan birga, nogironligi boʻlgan shaxslarni sportchi qilib tayyorlashda ilmga asoslangan metodika, standartlar, oʻquv adabiyotlari yetishmasligi, sodda qilib aytganda, sogʻlom sportchilar uchun talablar shunday koʻchirilib qoʻyilgani sababli bu sohada “katta sakrash” boʻlmayapti.

Shu bois har yili kamida 100 nafar nogironligi boʻlgan sportchilar va ularning murabbiylari malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi.

Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda nogironligi boʻlgan yoshlarni sport bilan qamrab olish boʻyicha ilmiy asoslangan metodika va standartlarni ishlab chiqadi. Universitetning Toshkentdagi filialida adaptiv sport boʻyicha alohida fakultet ochiladi.

Shuningdek, hududlardagi 39 ta sport maktabi parasport turlariga ixtisoslashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер