Eron sudi AQSHni 2010-yildagi “terror hujumi”da aybdor deb topdi
Eron sudi AQSH hukumati va rasmiylarini 2010-yilda Eron janubi-sharqidagi Chabahor port shahrida sodir etilgan “terror hujumi”da halok boʻlganlar va jarohatlanganlarning oilalariga 170 million dollar tovon puli toʻlashga majbur qilmoqchi. Bu haqida Eron sud hokimiyatining Mizan axborot agentligiga tayanib “Big News” xabar berdi.
Agentlikning xabariga koʻra, bu qaror Tehron xalqaro sudining 55-boʻlimi tomonidan olti kishi, jumladan, halok boʻlganlarning qarindoshlari va hujumdan omon qolganlar tomonidan berilgan daʼvo arizasi asosida qabul qilingan.
Hisobotlarda qayd etilishicha, 2010-yilning dekabr oyi oʻrtalarida Chabahordagi masjid oldida motam marosimiga yigʻilgan olomonga xudkush tomonidan uyushtirilgan hujumda jami 39 kishi halok boʻlgan va 70 kishi yaralangan.
Eron sudi AQSH hukumati va rasmiylarini ushbu teraktga aloqador deb topgan, chunki ular hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan “Jundalloh” terrorchilik guruhini qoʻllab-quvvatlagan.
Sud hukmiga koʻra, AQSH daʼvogarlarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zarar uchun 74 million dollar, shuningdek, 96 million dollar jarima toʻlashi shart ekanligi belgilangan.
Bu AQSH hukumatini Chobahordagi hujumga aloqadorlikda aybdor deb topuvchi ikkinchi sud qaroridir. Bundan avval 2023-yilda 93 nafar qurbonlar va halok boʻlganlarning qarindoshlari daʼvosini koʻrib chiqib, sud AQSH hukumatini 2,66 milliard dollar tovon toʻlashga majbur qilgan.
Qayd etish kerakki, ushbu faqat Eron sudining qarori boʻlib, AQSH bu qarorni tan olish yoki ijro etish majburiyatida emas. Koʻp hollarda Eron sudlari tomonidan chiqarilgan bunday qarorlar xalqaro miqyosda ijro etilmaydi, chunki AQSH hukumati Eron sudlarining yurisdiksiyasini tan olmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring