Eron qoʻshinlari jangovar holatga keltirildi
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy AQSH prezidenti Donald Trampning bombardimon qilish haqidagi bayonotidan keyin mamlakat armiyasini jangovar shay holatga keltirdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar qildi.
Unga koʻra, Eron Iroq, Kuvayt, BAA, Qatar, Turkiya va Bahraynga AQSHning Eronga hujumini qoʻllab-quvvatlash, jumladan, amerikalik harbiylar tomonidan ushbu mamlakatlar hududidan foydalanish “dushmanlik harakati” sifatida baholanishi haqida xabar yuborgan.
Agentlikning taʼkidlashicha, Eron tarafdori hisoblangan Suriyadagi Bashar Al-Assad hukumatining qulashi tufayli vaziyat yanada murakkablashgan. Shuningdek, AQSH Tehronning ittifoqchilari deb hisoblagan HAMAS, Hizbulloh va Yaman husiylariga qarshi faol harakatlar Eronda turli xavotirlar uygʻotdi.
Taʼkidlash joiz, mart oyida AQSH prezidenti Eron oliy rahnamosiga ikki oy ichida yangi yadroviy bitim tuzish shartini qoʻygan edi. Tehron Vashington bilan hamkorlik qilishdan bosh tortsa, Amerika dahshatli bombardimonlarni “vaʼda qilgandi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring