Eron Isroilga hujum qildi va urush toʻxtaganini eʼlon qildi
Isroil armiyasi Eron tomonidan mamlakat hududiga raketalar uchirilganini maʼlum qildi. Hujum ortidan Isroilning bir nechta hududlarida havo hujumidan ogohlantiruvchi sirenalar yangradi.
“Biroz avval Isroilning turli hududlarida Erondan yoʻnaltirilgan raketalar topilgani sababli havo hujumi sirenalari ishga tushirildi”, — deyiladi Isroil armiyasi xabarida.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ijtimoiy tarmoqda bergan maʼlumotiga koʻra, Eron qurolli kuchlari amalga oshirgan harbiy operatsiyalar mahalliy vaqt bilan soat 04:00 da toʻxtatilgan. “Isroil tajovuzkorligini jazolashga qaratilgan harbiy amaliyotlar soat 4 gacha davom etdi”, — deya yozgan u.
Shuningdek, AQSH prezidenti Donald Tramp ham ijtimoiy tarmoqda urush toʻxtaganini qayd etib, taraflarni tinchlikni buzmaslikka chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring