Eron Isroil tomonidan hujum xavfi saqlanib qolayotganini maʼlum qildi

11:38 04 Avgust 2025 Dunyo
166 0

Foto: Arxiv surat

Eron Islom Respublikasi Isroil tomonidan boʻlishi mumkin boʻlgan hujum xavfi hali ham mavjudligini maʼlum qildi. Bu haqda mamlakat armiyasi bosh qoʻmondoni Amir Xotamiy soʻzlariga tayanib TASS xabar berdi.

“Agar hujum ehtimoli 1 foiz boʻlsa ham, biz buni 100 foiz xavf sifatida qabul qilishimiz kerak. Dushmanni hech qachon kamsitmaslik, tahdidlar oʻtmishda qoldi deb oʻylamaslik lozim”, — dedi Eron generali.

Xotamiyga koʻra, mamlakatning raketa qoʻshinlari va uchuvchisiz parvoz apparatlari (BPLA) jangovar tayyorgarlik holatini saqlab turibdi va har qanday yangi tahdid yuzaga kelgan taqdirda ishga solinadi.

Maʼlumot uchun, 13-iyunga oʻtar kechasi Isroil Eronning yadroviy va raketachilik dasturlariga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi. Bir kun oʻtmay, Eron tomoni ham javob zarbasini yoʻlladi.

Shuningdek, soʻnggi keskinlik davomida AQSH ham harakatsiz qolmadi — 9 kundan keyin Isfahon, Natanz va Fordo shaharlarida joylashgan Eron yadroviy inshootlariga havodan zarba berdi. Bu hujumga javoban Eron Qatardagi AQSHning Yaqin Sharqdagi eng yirik harbiy bazasi — Al-Udeydni nishonga oldi.

Jarayonlar keskinlashganidan soʻng, 24-iyun kuni Isroil va Eron oʻzaro kelishuv asosida otashkesim tuzishga rozi boʻlishdi va bu kelishuv kuchga kirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер