Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisining raisi Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati
Yurtimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisining raisi M.Qolibof boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov hamrohligida poytaxtimizdagi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan barpo etilgan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurdi.
Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisining raisi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.
Mehmonlarga majmuada aks ettirilgan tarixiy voqealarning mazmuni haqida soʻzlab berildi.
Majmuaning gʻoyaviy va meʼmoriy yechimlariga, xususan, betakror yodgorlik yurtimizda yangi Oʻzbekistonni – Uchinchi Renessans poydevorini yaratish gʻoyasi bilan uygʻun holda barpo qilingani, Ulugʻvor Mustaqillik monumenti timsolida tarix, bugungi zamon va kelajak tushunchalarini oʻzaro uygʻun holda namoyon etishga alohida eʼtibor qaratilgani delegatsiya aʼzolarida katta taassurot uygʻotdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring