Yerliklar 19-avgust kuni super Oy hodisasiga guvoh boʻladi
Mutaxassislar bu yil 19-avgust, 17-sentyabr, 17-oktyabr va 15-noyabr kunlari super Oy hodisasi roʻy berishini prognoz qilmoqda. Shuningdek, ular birinchi super Oy oʻzgacha boʻlishini aytmoqda, chunki bu hodisa “Bakra Oyi” bilan bir vaqtga toʻgʻri kelishi mumkin.
Avgust oyida sodir boʻladigan toʻlin Oylardan birining nomi “Bakra Oyi”. Bu super Oy va moviy Oyning kombinatsiyasi hisoblanadi. Uning nomi yilning shu davrida buyuk koʻllarda va boshqa yirik suv havzalarida bakra baliqlarini tutgan hind qabilalari bilan bogʻliq.
NASA maʼlumotlariga koʻra, navbatdagi mavsumiy moviy Oy 2027-yilning may oyida kutilmoqda. “Bakra Oyi” va moviy Oyning keyingi juftligi 2037-yil yanvar va mart oylarida kuzatiladi.
Maʼlumot uchun, super Oy hodisasi vaqtida Oy odatdagidan ancha yorqinroq va kattaroq koʻrinadi, lekin aslida bunday boʻlmaydi. “Oy illyuziyasi” mavjud, unda Oy ufqqa yaqin boʻlganda osmondagi balandligiga qaraganda kattaroq koʻrinadi.
Oyning kraterlarini koʻrish uchun teleskop yoki durbindan foydalanish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring