Yerlardan samarali foydalanish va chorvachilikni rivojlantirish masalalari oʻrganilmoqda

10:59 15 Sentyabr 2025 Siyosat
60 0

Mamlakatimizda yerlardan oqilona va samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezident farmon va qarorlarida qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni samarali tashkil etish, yer maydonlaridan unumli foydalanish, yaylov va oʻrmon fondlarida ozuqabop ekinlar yetishtirish hamda chorvachilikni rivojlantirish kabi ustuvor vazifalar belgilangan.

Ushbu yoʻnalishda belgilangan vazifalar ijrosini oʻrganish maqsadida Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi

A. Tuychiyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatida amaliy oʻrganishlar olib bordi.

Ishchi guruh dastavval viloyat hokimligida soha mutaxassislari bilan muloqot oʻtkazdi. Unda foydalanishdan chiqqan yer maydonlarini foydalanishga kiritish, aholining yaylovlardan foydalanishi hamda ularda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati xususida maʼlumotlar berildi.

Qonunchilik ijrosini taʼminlashda masʼul davlat organlari faoliyati, quyi tuzilmalardagi ishlar, xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan taʼminlash, yangi ish oʻrinlari yaratish holati tahlil etildi.

Shundan soʻng ishchi guruh Yuqorichirchiq tumanidagi “AGRO TERRA”, “ANOR AGRO CHORVA” va “ERGASH OTA” fermer xoʻjaliklarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, “AGRO TERRA” MCHJ sut yoʻnalishiga ixtisoslashgan boʻlib, hozirgi kunda 1 089 bosh qoramol boqilmoqda. 2024-yilda xoʻjalikda 6 ming tonna sut ishlab chiqarilgan va har bir sigirdan oʻrtacha 30–35 litr sut olinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер