Erkaklarda demensiya uchun xavf omili aniqlandi
Illyustrativ foto
Olimlar qorin yogʻi keksa erkaklarda demensiya* uchun xavf omili boʻlishi mumkinligini aniqladilar. Tadqiqot natijalari “Alzheimer” (A&D) nashrida chop etildi.
Tadqiqotda Avstraliya va AQSHning 65 yoshdan oshgan 17 000 nafardan ortiq aholisi ishtirok etdi. Kuzatish boshida ishtirokchilar sogʻlom boʻlgan. Ish davomida ular muntazam ravishda kognitiv testlardan oʻtdilar, natijada qorni boʻlgan erkaklarda xotira buzilishi, fikrlash sekinlashishi va reaksiya tezligi pasayganligi aniqlandi. Ayollarda bunday oʻzgarishlar kuzatilmadi.
Olimlar qorin boʻshligʻida koʻp miqdordagi yogʻ boʻlgan keksa erkaklarda demensiya rivojlanish xavfi ozgʻin tanaga ega ishtirokchilarga qaraganda deyarli 50 foiz yuqori ekanligini aniqladilar. Taʼkidlanishicha, yogʻ birikmasining joylashuvi kognitiv funksiyalarga ham taʼsir qiladi.
*Demensiya — kognitiv qobiliyatlarning, yaʼni fikrlash, xotira va mantiqiy fikrlashning pasayishidir. Bu esa odamning kundalik hayotiga xalaqit beradi. Demensiya bilan ogʻrigan baʼzi odamlar oʻz his-tuygʻularini nazorat qila olmaydilar. Uning asosiy belgilari xotirani yoʻqotish, notoʻgʻri fikrlash va chalkashlik kabilarda namoyon boʻladi. Demensiya koʻpincha yoshi ulugʻ odamlarda uchraydi. Lekin u baʼzi kasalliklar yoki jarohatlar natijasida ham yuzaga kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring