Yer yuzini soʻnggi 20 yil ichidagi eng kuchli magnit boʻroni qoplashi mumkin

Ertaga, 11-may kuni soʻnggi 20 yil ichida birinchi marta Quyoshdagi bir qator kuchli chaqnashlardan soʻng Yerni eng yuqori darajadagi magnit boʻroni qoplashi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi rahbari Sergey Bogachevga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
“Uch kun davomida Quyosh sayyoramiz tomon toʻrtta juda katta plazma bulutini uloqtirdi. Ulardan baʼzilari yoʻlda kattaroq obyektga birlashadi. Hisob-kitoblarga koʻra, bugun tunda Yer magnit maydoniga tushadi”, deydi Sergey Bogachev.
Olimning qoʻshimcha qilishicha, Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi Quyoshda yangi katta chaqnash – X3.9 sinfi ham qayd etilgan boʻlib, bu soʻnggi 25 yil ichida toʻrtinchi kuchli chaqnash hisoblanadi.
Mazkur xabarlar fonida Gidrometeorologiya sohasi mutaxassisi Erkin Abdulahadov ham Telegramʼdagi kanalida 11-may kuni tushda 8 ballik geomagnit qoʻzgʻalishlar boʻlishi kutilayotganini maʼlum qilgan.
“Olmaota ionasfera institutiga koʻra, ayni damda 3 ballik magnit boʻroni kuzatilmoqda. Bu “oʻta kuchsiz” qoʻzgʻalish hisoblanadi”, degan Erkin Abdulahadov.
Oʻzbekistonlik mutaxassis ham Quyoshning 3664-sonli dogʻida bir nechta M va X sinfga mansub Quyosh chaqnashlari sodir boʻlgani va undan ajralgan plazma toʻgʻri Yerga tomon oqib kelayotgani aytib oʻtgan.
Unga koʻra, 11-mayga oʻtar kechasidan boshlab, 12-may tushga qadar Yerning magnitosferasi yuqori plazmani qabul qilishi hamda buning fonida sayyorada 11-may tushga yaqin 8 ballik kuchli geomagnit boʻroni kuzatilishini prognoz qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring