Eng koʻp “ogʻir” mahallalar Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida

12:03 16 Iyun 2025 Siyosat
307 0

Mamlakatimizdagi 1 ming 24 ta mahalla “ogʻir” toifada, yana 1 ming 294 tasida jinoyatchilik, 1,5 mingida ajrimlar soni koʻpaygan. Eng koʻp “ogʻir” mahallalar Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida.

Hozirgacha 8 ming 481 ta mahallada saylov boʻlib oʻtdi. 3 ming 590 ta mahallaga yangi raislar saylandi, 4 ming 891 nafari joyini saqlab qoldi.

Mahallalar uyushmasi mahalla raislari va “yettilik”ni yangicha ishlashga oʻrgatishi zarurligi qayd etildi. Umuman, mahalla tizimida ancha masala yigʻilib qolgani, saylov yakunlanganidan keyin ular alohida muhokama qilinishi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?