Endokrin kasalliklar mavjud oilalarga maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan patronaj hamshirasi biriktiriladi
“Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–102-son, 26.01.2022-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan aholiga koʻrsatilayotgan endokrinologiya xizmatini tashkil etishning eng muhim yoʻnalishlari belgilandi.
2022-yil 1-apreldan endokrin kasalliklarni erta aniqlash va maqsadli kuzatishni taʼminlash uchun tibbiy kuzatuv va patronajning yangi modeli joriy etiladi. Unga koʻra, jumladan:
— oilaviy shifokorlar endokrin kasalliklarni tashxislash hamda davolash boʻyicha qayta tayyorlanadi;
— endokrin kasalliklar mavjud oilalarga maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan patronaj hamshirasi biriktiriladi.
Qaror bilan 2022–2024-yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami koʻrsatishni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, har yili kamida bir marta 40 yoshdan oshgan aholi qandli diabet va diabet oldi holatlari uchun maqsadli skriningdan oʻtkaziladi hamda endokrin kasalliklar aniqlangan bemorlar bilan muntazam aloqa oʻrnatiladi.
2022-yil 1-fevraldan anʼanaviy va masofaviy (aralash) usulda tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishtizimi yoʻlga qoʻyiladi.
2022-yil 1-aprelgacha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida shifokor oldi koʻrigi xonalari tashkil etiladi.
Qarorga koʻra, bemorlar quyidagilar bilan bepul taʼminlanadi:
— 25 yoshgacha boʻlgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan bemorlar analogli insulin hamda oʻzini oʻzi nazorat qilish vositalari (glyukometr va maxsus test yaproqchalari) bilan;
— qandsiz diabet bilan kasallangan bemorlar, somatotrop yetishmovchilik bilan kasallangan bolalar hayotiy zarur maxsus dori vositalari (desmopressin va oʻsish gormoni) bilan;
— 25 yoshdan oshgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan insulinga muhtoj, shuningdek, qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallangan bemorlar odam insulini bilan;
— qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallangan hamda ehtiyojmand sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan bemorlar metformin dori vositasi bilan.
Qarorga koʻra shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda hududiy tibbiyot muassasalaridan shaffof tanlov asosida tanlab olingan 50 nafargacha endokrinolog mutaxassislar har yili nufuzli xorijiy endokrinologiya markazlarida malaka oshirishga yuboriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring